← Bloglarga qaytish
#Marafon

Colba Marafoni 2026 | 500 yaqin ishtirokchi qatnashga katta marafon

Colba xususiy maktabi boshqa maktablardan o'zining marafoni bilan ham ajralib turadi. Maktabda o'quvchilarning aqliy salohiyatidan tashqari, jismoniy rivojlanishiga ham alohida e'tibor beriladi.

Colba School·9-avgust, 2026·👁 4 ko'rilgan

Colba xususiy maktabi boshqa maktablardan o'zining marafoni bilan ham ajralib turadi. Maktabda o'quvchilarning aqliy salohiyatidan tashqari, jismoniy rivojlanishiga ham alohida e'tibor beriladi. Yaqinda bo'lib o'tgan "COLBA marafoni | 2026" buning yaqqol isbotidir. Colba Maktabi jamoasi tomonidan yozgi lager dasturi doirasida tashkil etilgan ushbu marafon o'quvchilar hayotida bilim, g'ayrat va do'stlikni bir joyda mujassam eta oldi.

Tibbiyotga ixtisoslashgan maktabda nega aynan marafon?

Kelajakda shifokor bo'lishni maqsad qilgan yoshlar uchun faqatgina auditoriyada kitob o'qishning o'zi yetarli emas. Jismoniy sog'lomlik ruhiy va aqliy quvvatning asosidir. Aynan shuning uchun ham, zamonaviy tibbiyotga ixtisoslashgan maktab sifatida COLBA o'z o'quvchilari uchun maxsus marafon tashkil qilishni muhim deb topdi.

Tibbiyot sohasi vakillaridan katta jismoniy chidamlilik va tezkor qaror qabul qilish qobiliyati talab etiladi. Yozgi lager davomida o'tkazilgan bu kabi yugurish marafoni bo'lajak shifokorlarda quyidagi ko'nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi:

  • Chidamlilik va iroda: Uzoq masofani bosib o'tish qiyinchiliklarni yengishga o'rgatadi.
  • Jamoaviy birdamlik: Do'stlar bilan birgalikda harakat qilish o'zaro qo'llab-quvvatlashni shakllantiradi.
  • Sog'lom turmush tarzi: Nazariy bilimlarni amaliy sog'lom amaliyotlar bilan mustahkamlaydi.

Rekord natija

Marafonda jami 500 yaqin ishtirokchi qatnashdi. Bu colba tarixidagi rekordlardan biri. Video davomida Colba marafoni qanday o'tganligi haqida ko'proq ma'lumot olishingiz mumkin.

Ha aytgancha, Colba xususiy maktabiga qabul davom etmoqda: https://colbamaktabi.uz/qabul